AsosiyJamiyat

Toshkentda katta tezlikda harakatlanib borayotgan "Damas" to`rt o`quvchini urib yubordi. Bolalardan biri vafot etdi

'Toshkentda katta tezlikda harakatlanib borayotgan "Damas" to`rt o`quvchini urib yubordi. Bolalardan biri vafot etdi'ning rasmi

Kecha, 2 oktyabr kuni 15:00 larda Toshkentning Yangihayot tumanida katta tezlikda harakatlanayotgan Damas yo`l chetida turgan to`rt o`quvchini urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

YTH natijasida bolalardan biri - 10-sinf o`quvchisi Artyom Igumnov (2004 y.t.) shifoxona yo`lida olamdan o`tdi. Gleb K. (2005), Sarmat M. (2005) va Temur X. (2006) esa og`ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo`zg`atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar