AsosiyJamiyat

Chilonzor tumanidagi ko`p qavatli xonalarning birida gaz portladi. Oqibatda bir nechta uy shikastlandi

'Chilonzor tumanidagi ko`p qavatli xonalarning birida gaz portladi. Oqibatda bir nechta uy shikastlandi'ning rasmi

Bu haqda  FVV   birlamchi ma`lumotni taqdim etdi:   

"3 oktyabr kuni soat 22:13 da poytaxtning Chilonzor tumanining ettinchi kvartalida joylashgan 59-uyda, birlamchi ma`lumotga ko`ra, gaz-havo aralashmasining chaqnashi  sodir bo`lgan. Voqea  etti qavatli uyning  36-kvartirasida sodir bo`lgan. Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining 5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji darhol voqea joyiga etib bordi. Mavjud ma`lumotlarga ko`ra, ayni vaqtda, uy aholisi jabrlanmagan. Qurbonlar yo`q. Vaziyat oqibatida bir nechta kvartiralarga qisman zarar etdi, deraza va eshiklar shikastlangan. Ayni vaqtda  hamkorlikdagi xizmatlarning mutaxassislari ushbu favqulodda vaziyatning sabablarini o`rganmoqdalar. 17 nafar uyi shikastlangan fuqarolar vaqtinchalik mehmonxonaga joylashtirildi."

    Boshqa yangiliklar