AsosiySUG'DIYONA
24843

Haqiqiy erkak hech qachon qilmaydigan 10 ta harakat

Mana shu odatlarga og`ishmay amal qilgani uchun ham bunday erkaklar haqiqiy erkak hisoblanadi, deydi “Sosmo.ru” nashri.

Haqiqiy erkak birovning tarafini olmaydi

Agar turmush qurgan bo`lsangiz, u har qanday sharoitda, kim bilan janjallashishingizdan qat`i nazar, sizning tarafingizni oladi. Asosiysi, haqiqiy erkak raqib tomonning tarafini olmaydi. Ammo bu degani nohaq bo`lsangiz ham sizni himoya qilishi lozim degani emas. Janjal sababini keyin, birgalikda muhokama qiling. 

Tashqi qiyofangizni muhokama qilmaydi

Haqiqiy erkak sizni orzusidagi ayolga aylantirishga harakat qilmaydi. U bu narsaning orzu-xayol ekanligini yaxshi anglaydi. Siz tirik jonsiz, sizning ham o`z xohish-istaklaringiz bor, tashqi qiyofangizning qay holatda bo`lishi shaxsiy ishingiz. Haqiqiy erkakka ideal emas, balki siz kerak bo`lasiz. 

Sizni yaqinlaringizdan ajratmaydi

Haqiqiy erkak yaqin dugonangiz, qarindosh-urug`laringizdan aloqani uzishni talab qilmaydi. Agar u yaqinlaringiz sizga yomon ta`sir o`tkazadi deb o`ylasa, demak ulardan qo`rqadi. Ertami-kechmi yaqinlaringizning “u senga mos emas” deyishlarini yaxshi tushunadi. Shuning uchun qo`rqqan oldin musht ko`tarar qabilida harakat qiladi. Haqiqiy erkak sizning ham, yaqinlaringizning ham qadriga etadi, hurmat qiladi. 

Ayolning shaxsiy hududiga daxl qilmaydi

Har bir odam jinsidan qat`i nazar, o`z shaxsiy hududiga ega bo`lishni istaydi. Chunki uning o`ziga xos qiliqlari, xohish-istaklari va sirlari mavjud. Rafiqasining, sevgilisning shaxsiy hududiga kirib, o`z tartib-qoidalarini o`rnatmoqchi bo`lgan erkak, ojiz erkakdir. Uni muhabbat emas, ko`proq hukmronlik hissi qiziqtiradi.

Muammolaringiz bilan yolg`iz qoldirmaydi

Turmush qurgandan keyin muammolar bir kishiga emas, ikki kishiga tegishli bo`ladi. Boshqacha bo`lishi mumkin emas. Agar erkak sizga “Bu sening muammong, o`zing hal qil” deydigan bo`lsa, yaxshisi boshqa narsalarni hal qilishni ham o`z bo`yningizga oling.
 
Sizga xiyonat qilmaydi

Siz erkak kishining poligam, shu bilan birga ongli mavjudot ekanligini  unutmang. Har bir inson instiktlarini boshqara olishi kerak. Agar u sizga xiyonat qilib, “meni tushun, axir erkak kishi bo`lsam”, deydigan bo`lsa, bilingki, sizni sevmaydi. Erkak kishini sevgan insoni qalbini yaralash, uni yo`qotib qo`yish qo`rquvi xiyonatdan ushlab turadi. Rafiqasining his-tuyg`ulari bilan hisoblashmaydigan erkak vijdoni qiynalmay. Xiyonat ko`chasiga kiradi. 

Sizni ojizaga aylantirmaydi

Haqiqiy erkak yonida o`ziga ishongan, mustaqil ayol bo`lishini istaydi. Zaifa, o`ziga ishonmaydigan ayollar zo`ravon erkaklarga kerak bo`ladi. Ular bunday ayollarni istagancha tahqirlashlari, qo`l ko`tarishlari mumkin. Agar erkak kishi sizga hukmini o`tkaza boshlasa, yaxshisi u bilan aloqani uzgan ma`qul. Haqiqiy erkak rafiqasining qiziqishlarini qo`llab-quvvatlaydi, yordam beradi. 

Jiddiy munosabatlardan qochmaydi

Haqiqiy erkak jiddiy munosabatlardan qochmaydi, balki bunday munosabatlarga intiladi. Undan “Hali men tayyor emasman”, “O`ylab ko`rishim kerak” degan gaplarni eshitmaysiz. U siz haqingizda avvaldan o`ylab qo`ygan. 

Har bir qadamingizni tekshirmaydi

Ikki teng huquqli insonlarga tegishli bo`lgan munosabatlar haqiqiy munosabatlar hisoblanadi. “Ota-ona — bola” kabi shakllangan munosabatlarda u ota-ona rolini siz esa axmoq bola rolini o`ynashga majbur bo`lasiz. Haqiqiy erkak har qanday sharoitda ham sizga yordam berishga, qo`llab-quvvatlashga, muammolarni birgalikda hal qilishga harakat qiladi. Har bir hatti-harakatingizni kuzatib, sizni tergamaydi. Siz yosh bola emassiz, bu bosqichlar orta qolgan.  

Hech qachon kuch ishlatmaydi, zulmini o`tkazmaydi

Zulm o`tkazish har xil ko`rinishda namoyon bo`lishi mumkin, ammo bunday odamni bir ko`rganda aniqlash mumkin. U sizga qo`l ko`tarib, yana sizni aybdor qilishi mumkin. Ertami-kechmi bunday munosabatlar joningizga tegadi. Hayot insonga bir marta beriladi, uni zulmkor odam bilan o`tkazish shart emas. Ojiz erkak ayolga qo`l ko`taradi.

Boshqa yangiliklar