Myunxenning “Bavariya” jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Benfika”ga qarshi kechgan va 2:2 hisobida yakunlangan EChL chorak final javob o`yinidan so`ng “Real” etakchisi Krishtianu Ronalduning so`zlarini eslagan holda, uning ustidan hazil qildi.
“Bilaman, Krishtianu yarim finalda “Benfika”ga qarshi o`ynash istagi bor edi. Uning istagini yo`qqa chiqarganimiz uchun undan uzr so`rayman”, – deydi Gvardiola.
“Real” va “Bavariya”dan tashqari EChL yarim finaliga “Manchester Siti” va “Atletiko” klublari ham yo`l olishdi.