1

Yaponiyaning Sharp kompaniyasi egasi bilan gaplasha oladigan telefonni sotuvga chiqardi

Hi-tech 14.04.2016, 11:03
Yaponiyaning Sharp kompaniyasi egasi bilan gaplasha oladigan telefonni sotuvga chiqardi

Yaponiyaning Sharp kompaniyasi sun`iy intellektga ega telefon-robotni sotuvga chiqardi. Telefon egasi bilan suhbatlasha oladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.  

Apparatning uzunligi 19,5 santimetr va og`irligi 390 grammni tashkil etadi.  U ovoz bilan boshqariladi. Suhbat mobaynida u sekin-asta egasining qiziqishlari va odatlari bilan tanishib boradi va shunga mos ravishda harakat qiladi. 

Masalan, telefon-robot o`zi mustaqil ravishda ob-havo ma`lumoti va teledasturlar tartibi bilan tanishtiradi. Yoki kim qo`ng`iroq qilayotganini ma`lum qiladi. Apparat mustaqil ravishda ayrim qo`ng`iroqlarni bekor qilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1