AsosiyJamiyat

Toshkent shahar sudi sudyalari Saylov qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik to`g`risidagi davra suhbatini o`tkazdi

'Toshkent shahar sudi sudyalari Saylov qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik to`g`risidagi davra suhbatini o`tkazdi'ning rasmi

Toshkent shahar sudi sudyalari “Saylov konunchiligini buzganlik uchun javobgarlik” mavzuida davra suhbati o`tkazdi.

Uchrashuv Toshkent davlat yuridik universitetida  bo`lib o`tdi. Unda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudyalari Xamidjon Shamshiev, Elbekjon Turgunboev, Tal`at Tursunov, Muzaffar Axmedov, Odiljon Ilxomjonov, Orif Qlichev, Anjelika Shamsutdinova, Durdona Dadaxanova, Sanjar Maxametov ishtirok etishdi.

Davra suhbatida saylov qonunchiligini buzganlik uchun ma`muriy hamda jinoiy javobgarlik, uning tarkibi va jazo tayinlash masalalari haqida to`xtalib o`tilgan. Bundan tashqari, unda ma`ruzachi sudyalar saylov jarayonlari, saylov huquqi, saylovda ishtirok etadigan fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari Saylov kodeksiga binoan ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan va uncha og`ir bo`lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga ham saylovlarda ovoz berish tartibi, jazoni ijro etish muassalarida saylov uchastkalarini tuzishga oid masalalarga to`xtalib o`tildi.

 Saylovga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga tayangan holda o`tkazilishi uchun 2021 yil 31 may kuni “O`zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun qabul qilingan.

Qonun bilan Saylov kodeksining bir qator moddalariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan. Ya`ni, manfaatdor shaxs saylov komissiyalarining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilishi mumkinligi belgilangan.

Ta`kidlanishicha, endilikda shikoyat berishi mumkin bo`lgan manfaatdor shaxs nomzod ko`rsatgan siyosiy partiyalar, nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar bo`lishi ham mumkin.

"Saylov qonunchiligini buzganlik uchun ma`muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan",–deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, saylovga oid huquqbuzarliklar uchun Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga alohida bob ajratilgan. Saylov va referendumni tashkil etish va o`tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun 9 ta holatda ma`muriy javobgarlik choralari belgilangan.

"Bundan tashqari, Saylov kodeksining 96-moddasiga asosan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Qonunchilik palatasiga saylovni haqiqiy emas, deb topish to`g`risidagi qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinishi, bu qaror ustidan saylov yakunlari e`lon qilingan kundan boshlab o`n kun ichida Oliy sudiga shikoyat qilish mumkinligi qat`iy belgilandi”, - deya ma`lumot beradiToshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudyasi Xamidjon Shamshiev.

    Boshqa yangiliklar