AsosiyJamiyat

Ombudsman Niderlandiyaning O`zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

'Ombudsman Niderlandiyaning O`zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi'ning rasmi

Ombudsman Niderlandiyaning O`zbekistondagi  elchisi bilan uchrashdi. Bu haqda Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili axborot xizmati ma`lum qildi. 

Uchrashuvda O`zbekistonda inson huquqlarini ta`minlash borasida olib borilayotgan islohotlar va ularning samarasi haqida so`z borgan. 

Muloqot davomida Inson huquqlari bo`yicha vakil joriy yilda Davlat rahbari tomonidan imzolangan “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qarori hamda “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Farmonining mazmun-mohiyati hamda ularning inson huquqlarini ta`minlashdagi ahamiyatiga alohida e`tibor qaratilgan. 

Shuningdek, Niderlandiya Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi Ombudsman faoliyati haqida fikrlarini bildirib o`tdi.

 "Ombudsman inson huquqari himoyachisi bo`lsa-da, uning mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirishdagi o`rni beqiyos. Chunki har bir davlat biror bir mamlakatga investisiya kiritishdan avval, u erdagi sharoitlarni, jumladan inson huquq va erkinliginining qay darajada ta`minlanayotganini o`rganadi. Agar davlatda inson huquqlari ta`minlanayotgan bo`lsa, demak unga investisiya kiritish mumkin",-deydi Xilles Besxoor Plux. 

Ma`lumot uchun, Elchi O`zbekiston bilan parlamentlararo, savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar