Namanganda 11 yoshli qizaloq 2 mashina o`rtasida "avariya"ga uchrab, vafot etdi.
Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma`lum qildi. Qayd etilishicha, hodisa 2021 yil 4 oktyabr kuni soat 18:30 larda, Burilma-Uchqo`rg`on yo`lining 7 km.da sodir bo`lgan.
Uchqo`rg`on tumani O`ljato`pi MFY hududida, M-412 rusumli avtomashinani ishonch qog`ozi bilan boshqarib borayotgan haydovchi harakat vaqtida 2010 yilda tug`ilgan qiz yo`lga chiqib ketishi oqibatida haydovchi harakat yo`nalishini o`zgartirib, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1966 yilda tug`ilgan fuqaroni boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasi bilan to`qnashgan.
Natijada, ikkala avtomashinalar orasida qolib ketgan qizcha og`ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
"Ushbu holat bo`yicha Uchqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 oktyabrʼ kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan",- deyiladi xabarda.






