Fuqarolar murojaati bilan Toshkent ko`chalarida tunab yurgan ayol uyli bo`ldi.
Shahar IIB ushbu holat haqida rasmiy sahifasi orqali bayon qildi.
Unga ko`ra, boshqarmaga fuqarolar murojaat qilib, "Buyuk Ipak Yo`li" metro bekati yonida bir necha kundan buyon o`tirgan keksa yoshdagi ayol haqida xabar berishadi. Qariya yaqinlarining e`tiborisiz qolgani aniqlanadi.
Mirzo-Ulugbek tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo`yicha katta inspektori podpolkovnik O.B. Matchanovaning suhbat davomida aniqlashicha, keksa yoshdagi ayolning ismi Lyubov Ivanovna ekan.
Ma`lumot berilishicha, uning yonida hujjatlari yo`q bo`lgan, tura-joyini eslay olmadi, yaqinlari esa xorijga chiqib ketishgan ekan.
Xodimlarning yordami bilan Ivanovna Ayollarni reabilitasiya va moslashtirish markaziga joylashtirilgan.
"Befarq bo`lmasdan ushbu holat haqida xabar bergan fuqarolarimizga minnatdorchilik bildiramiz",-deyiladi xabarda.






