Xabaringiz bor, ushbu haftada Evropa chempionlar ligasi turnirining chorak final javob o`yinlari bo`lib o`tdi. UEFA rasmiy sayti mazkur o`yinlarda yorqin o`yinlari bilan ajralib turgan va jamoasi g`alabasiga hissa qo`shgan futbolchilar ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
Quyida ular bilan tanishib chiqing:
Darvozabon: Jo Xart (“Manchester Siti”).
Himoyachilar: Filipe Luis (“Atletiko”), Diego Godin (“Atletiko”), Nikolas Otamendi (“Manchester Siti”), Dani Karvaxal (“Real Madrid”).
Yarim himoyachilar: Saul Nigez (“Atletiko”), Arturo Vidal (“Bavariya”), Karlos Kasemiro (“Real Madrid”), Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”).
Hujumchilar: Antuan Grizmann (“Atletiko”), Krishtianu Ronaldu (“Real Madrid”).