1

APPLE QURILMALARINI XAVFDAN HIMOYaLAShNI O`RGATAMIZ

Hi-tech 14.04.2016, 16:35
Teglar: Apple
APPLE QURILMALARINI XAVFDAN HIMOYaLAShNI O`RGATAMIZ

O`tgan sonimizda android qurilmalar uchun mo`ljallangan xavfsizlik dasturlari haqida ma`lumot bergan edik. Bu sonda sizlarga endi Apple qurilmalari uchun xavfsizlik dasturlari haqida ma`lumot berishga harakat qilamiz. 

Fingerprint Login

Dastur haqida: Ushbu dastur iOS 7.0,  iPhone, iPad va iPod kabi uyali aloqa vositalariga mos keladi. Dastur orqali siz yuqorida keltirilgan uyali aloqa vositalari uchun har bir ilova (dastur)ga xavfsizlik, ya`ni o`z barmog`ingiz orqali parol o`rnatishingiz mumkin bo`ladi. Endi siz turli parollarni xotirangizda saqlab yurishingizga hojat qolmaydi. Barchasi o`z barmog`ingiz orqali amalga oshiriladi. Hozirda ushbu ishonchli dasturning 5 milliondan ortiq foydalanuvchilari mavjud. Siz ham bu bepul, ishonchli va albatta qulay dasturdan hozirning o`zidanoq foydalaning. 

Qulayliklari:

1. WhatsApp, iMessage, Facebook va yana shunga o`xshash dasturlarning ishonchli himoya qilinishi;
2. Sizga tanish turli tillarning mavjudligi;
3. Foydalanuvchi tomonidan tanlangan har bir dasturning barmoq izi yordamida ximoyalashi;

Dasturni ishga tushirish:

1. Dastur ilovasini oching 
2. Masalan, WhatsApp kabi ilovalarni qulflash uchun barmoq izingizni kiriting (Scan)
3. Xavfsizlik paroli muvaffaqiyatli o`rnatildi! Endi ilova faqat kiritilgan barmoq izi orqali ochiladi. 
4. Har bir ilova dasturga xuddi shunday qilib xavfsizlik parolini o`rnatishingiz mumkin.

Eslatma: Parol o`rnatilgan har bir dasturga qayta kirganingizda barmoq izlari talab qilinadi.

Qanday qilib yangi parol qo`shish mumkin?

1) iPhone sozlamalaridan (Settings) > Add Privacy Keyboard
Sozlamalar (Settings app) >General>Keyboards>Add New>PassKey
2) Qulflash uchun > PassKey Privacy
3) Belgilangan ilovani yangi parollash uchun barmoq izini Scan ???qilasiz.
Dastur ishga tushdi! Keyingi safar siz ilovani ochishingiz uchun barmoq izingiz talab qilinadi.
Tili: Ingliz
Eng so`nggi versiyasi: 3.2
Hajmi: 14 MB
Link: https://itunes.apple.com/us/app/fingerprint-login-passkey/id917795718?mt=8 

Folder Lock

Folder Lock dasturi to`g`risida qisqacha ma`lumot: 

Folder Lock dasturi orqali o`z iPhone qurilmangizdan o`rin olgan shaxsiy fayllaringizni, rasmlar, videolar, hujjatlar, kontaktlar, yon daftarcha yozishmalari va audio yozuvlar kabi shaxsiy ma`lumotlaringizni xavfsizlantirib parollash imkoniyatini bajarishga muvaffaq bo`lasiz.

Folder Lock dasturi aktiv holatda ham kompyuter yoki boshqa qurilmalar bilan ma`lumot almashina olasiz. Ya`ni iPhone qurilmangizdan fayllarni boshqa bir qurilmaga o`tkazishingiz mumkin. Folder Lock dasturi mukammal tuzilgan bo`lib, doirasida WiFi ilova menejeri ham mavjuddir. Uning WiFi Music Manager deb nomlangan ilovasining xususiyati: iTunes holda sizga audio, turli musiqa va mp3 larni qabul qilish imkoniyatini beradi.

Qulayliklari:

1. Shaxsiy rasmlaringiz va videolaringizni qulflash imkoniyati, ya`ni Gallery Lock;
2. Gallery Lock, Foto Lock va Video Lock kabi imkoniyatlari orqali sizga ma`lumotlaringizni xavfsiz va ularning turli xavflardan himoya qilish imkoniyati mavjudligi;
3. Tegishli oynalar yordamida shaxsiy foto va videolarni ko`rish imkonini beradi.

Va yana: 

• shaxsiy rasmlar himoyasi
• shaxsiy video va rasmlarni yashirish 
• Audio fayllarni Parollar bilan himoyalash
• muhim hujjatlarni ishonchli himoyalash
• Saqlangan aloqa audio yozuvlarini himoyalash

Yon daftarcha ichidagi shaxsiy ma`lumotlarni ishonchli himoya qilish: 

- Plastik kartochka ma`lumotlari (UzCard Seriya raqamlari va hokazo) 
- Kredit Kartalar
- Bank Hisob raqamlari
- Turli shaxsiy ID Raqamlar
- Haydovchilik guvohnomasi va Lisenziya ma`lumotlari 
- Pasport ma`lumotlari va boshq.

Qisqa qilib aytganda bu dasturni ma`lumotlar xavfsizligi va maxfiylik dasturi, ya`ni aqlli telefon dasturi deb nomlash mumkin. Shuningdek, mukammal fayl boshqaruvchi deb nomlasak ham juda ajoyib bo`ladi. Shunday qilib, Folder Lock bilan qurilmangizdagi barcha ma`lumotlarni qulflash imkoniyatidan foydalaning!

Ma`lumot shakllari:

• Hujjatlar: doc, docx, ppt, PPTX, xls, xlsx, pdf, ePub, txt
• Rasmlar: PNG, JPG, BMP, GIF
• Videolar: AAC, M4V, mp4, MOV, WMV, ovi, AIFF, wav, aax, aax +
• Audiolar: AAC, u-AAC, mp3, aax, AIFF, WAV, wma
• Arxivlar: rar, Sol, gzip, 7z, gz, kiring, torrent, pps

Folder Lock dasturi sizning ma`lumotlaringizni xavfsizligini ta`minlash uchun xizmat qiladi.
Tili: ingliz
Eng so`nggi versiyasi: 3.1.0 (3-mart 2016-yil)
Hajmi: 25.1 MB
Link: http://m.en.softonic.com/app/folder-lock/iphone 

Pic Lock 3 Ultimate

Dastur haqida: Pic Lock bilan siz o`z shaxsiy ma`lumotlaringizni yashirish imkoniyatiga ega bo`lasiz. Bu ajoyib ishonchli dasturdan dunyo bo`ylab 2.800.000 dan ziyod foydalanuvchi foydalanadi. 

Dastur orqali siz shaxsiy fotosuratlar, videolar, eslatma, parollar, brauzer, kontaktlar, SMS habarlari va audio fayllarni ishonchli saqlash imkoniyatiga ega bo`lasiz . Ko`rinishidan sizga kichik dasturdek ko`rinishi mumkin, aslida esa ushbu dastur juda ko`plab imkoniyatlarga ega. 

Qulayliklari:

1. Raqamli to`rttalik parollar va yana boshqa ajoyib va g`aroyib parollash turlari mavjudligi
2. Kuzatuv tizimi, noto`g`ri parol qayd etilganda avtomatik tarzda xavfsizlik kamera tizimi paydo bo`ladi. Urinishlar soni 3 marta.
3. Kimdir parolni ochishga urinsa, avtomatik tarzda ilova buzg`unchilarni rasm va video ga muxrlaydi.
4. Agar vaziyatlar soni 5 taga etsa parolni qayta tiklashning iloji yo`q. Ilovada barcha ma`lumotlar avtomatik ravishda yo`qoladi
5. Agar siz o`z qurilmangizni silkitsangiz yoki pastga qaratsangiz imo ishora yordamida bir ilovadan boshqasiga o`tadi. 

FOTO & VIDEO
Tez va intuitiv Foto va videolarni ko`rish imkoniyati
Musiqa va video ketma-ketligi slide show ko`rinishidaligi Photo Albom va media fayllarni qabul qilish imkoniyati
Shaxsiy rasmlaringizni Facebook, Twitter va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarga joylash imkoniyati
Mos keluvchi fayylar: MOV, .M4V, .MPV, .MP4, .3GP
Kontakt va SMS xabarlar
Aloqa ma`lumotlarini saqlash mumkin:  Foto, Email, URL, manzili
Kontaktlar va telefon raqamlar 
 Qo’ng’iroqlar, SMS, Email, FaceTime va Xabarlar tarixi kabi ilovalarni parollar yordamida himoyalash

AUDIO

Sizning yozib olingan audio fayllaringizni xavfsiz joyda saqlanglanishini ta`minlashi
Musiqa formatlariJ 4Fb 4ib 4Zb 4Kb 4Mb 3pzb z4b z3b FSSb SFM
Tili: ingliz
Eng so`nggi versiyasi: 3.2.1 
Hajmi: 47.3 MB
Link: https://itunes.apple.com/us/app/pic-lock-3-ultimate-free-lock/id360704050?mt=

•  So`ragan edingiz

“TELEFONIMGA APK DASTURLARNI QANDAY YuKLAYMAN?”
—  APK dasturlar faqat android tizimida ishlovchi qurilmalar uchun mo`ljallangan, agar sizning uyali telefoningiz shular sirasiga kirsa, demak siz apk dasturlarini yuklab va undan bemalol foydalanishingiz mumkin. Sizda mavjud muammoni bartaraf etish juda oson. Faqat sizdan ozgina vaqt talab etiladi xolos. 
Quyidagi berilgan linkga tashrif buyuring va mavjud muammoyingizni osongina bartaraf eting. 
Link: http://onphones.ru/kak-ustanovit-apk-fajly-na-android/ .

Xuddi shu kabi savollaringizni bizga yo`llang, sizga qo`limizdan kelgancha yordam berishga harakat qilamiz.

Xumoyun Tursunov, NAMDU talabasi

Sharhlar

Dunyoning 2021 yildagi eng qimmat kompaniyalari reytingi e`lon qilindi

04.01.2022, 22:03

Amerika IT-konsernlari 2021 yil yakunlariga ko`ra, dunyoning eng qimmat kompaniyalari reytingini e`lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Unga ko`ra, reytingni qariyb 3 trln dollarga...
Apple kompaniyasining daromadi o`tgan yilga nisbatan 29 foizga oshgan

29.10.2021, 22:02

2021 yilning so`nggi choragi yakunlariga ko`ra, Amerikaning “Apple” kompaniyasining daromadi o`tgan yilga nisbatan 29 foizga oshgan. Bu haqda TASS xabar berdi.Qayd etilishicha, 25 sentyabrda yakunlangan...
Pandemiya sharoitida Apple savdosi 111 milliard dollarga oshdi

28.01.2021, 13:22

Rojdestvo davrida oilalar firmaning eng so`nggi telefonlari, noutbuklari va gadjetlarini yuklaganligi sababli, Apple sotuvlari yana bir rekord o`rnatdi. 2020 yilning so`nggi uch oyida sotuvlar $ 111...
​Apple dunyodagi eng qimmat brend nomini qo`ldan boy berdi

03.02.2017, 15:16

Dunyodagi eng qimmat brend nomi edilikda Google’ga tegishli – uning qiymati 2016 yil boshidan to 2017 yil boshiga qadar 88,2 dan 109,5 milliard dollarga ko`tarildi.Bu...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1