AsosiyMadaniyat

“Tutqunlik” filmining maxsus namoyishi bo`lib o`tadi

'“Tutqunlik” filmining maxsus namoyishi bo`lib o`tadi'ning rasmi

Bugun soat 18:00 da Yoshlar ijod saroyida  Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan «Tutqunlik» badiiy filmining OAV vakillari, ijodkorlar va yoshlar uchun maxsus namoyishi bo`lib o`tadi.  

Film Prezidentimiz tashabbusi bilan 2019-2020 yillarda o`tkazilgan «Mehr» operasiyasiga bag`ishlangan.

Ssenariy mualliflari Azamat Qorjovov va Rashid Malikov, postanovkachi rejissyor Rashid Malikov, postanovkachi operator Aleksey Venzos, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, rassom Doniyor Abdurahmanov.

Ma`lumot uchun, Prezident tashabbusi bilan qayta tiklangan va Kinematografiya tomonidan o`tkazilgan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida “Tutqunlik” badiiy filmining katta premerasi bo`lib o`tgan.

Boshqa yangiliklar