Xalqaro voleybrol federasiyasi (FIVB) plyaj voleyboli bo`yicha yangi musobaqa tashkil etilganini ma`lum qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy manbasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, musobaqa The Voleyball World Beach Pro Tour deb nomlanadi. U an`anaviy World Tour bilan bir qatorda o`tkaziladi. Yangi tashkil qilingan musobaqada jami 16ta jamoa ishtirok etadi.
Musobaqa aylanma va pley-off o`yinlarini o`z ichiga oladi. Erkaklar va ayollar o`rtasidagi bellashuvlarda ham bu qoida amalda bo`ladi.
Dastlabki musobaqa bellashuvi Braziliya poytaxti Rio-de-Janeyro shahrida bo`lib o`tadi.