1

Kelajakda Ronalduning o`rnini kim bosa oladi?

Sport 16.04.2016, 14:21
Teglar: Krishtianu Ronaldu, Futbol
Kelajakda Ronalduning o`rnini kim bosa oladi?

Futbol olamida o`yinchichilar 30 yoshdan o`tganidan keyin, yoshligida namoyish qilgan o`yinlarini qayta ko`rsata olmaydi va o`z faoliyatini yakunlash haqida o`ylaydi. Bugungi sahifamizda “Real” etakchisi Krishtianu Ronaldu va uning o`rnini bosa oladigan haqida so`z yuritmochimiz. 31 yoshli portugaliyalik futbolchi yana bir necha yil yuqori formada o`ynay olishini ta`kidlashiga qaramay, uning o`yinlarida biroz susayish borligini ko`rishimiz mumkin. Yaqin kelajakda uning o`rnini kim bosa oladi, deb o`ylaysiz? Agar bu savolga javob topishni istasangiz quyidagi sahifani mutolaa qilib ko`ring.

NEYMAR (“Barselona”)
Yoshi: 24

“Real” prezidenti Florentino Peres braziliyalik iqtidor egasiga katta qiziqish bildirayotgani hech kimga sir emas. U hatto Neymarning transferi uchun uning shartnomasida belgilangan 190 mln. evroni to`lashga ham tayyor. Tan olish kerak, Lionel Messi va Luis Suares soyasida qolib ketayotgan Neymar “Real” uchun bebaho o`yinchi va Ronaldu uchun ajoyib o`rinbosar bo`la olar edi. 

Eden AZAR (“Chelsi”)
Yoshi: 25

O`tgan mavsumda Angliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan belgiyalik futbolchiga bir qator Evropa top-chempionatlari qiziqish bildirmoqda. Ular orasida ayniqsa “Real” juda faol. Madridliklar ustozi Zinedin Zidan uning xizmatlariga qiziqish bildiryapti, Azarning o`zi ham fransiyalik mutaxassis bilan ishlashga qarshi emas. “Qirollik klubi” uning transferiga 100 mln. evro ajratishi xabar qilinmoqda. 25 yoshli futbolchi portugaliyalik uchun qoyilmaqom o`rinbosar bo`la oladi.

Pol POGBA (“Yuventus”)
Yoshi: 23

“Yuventus” jamoasining  “motori”, cheksiz mahorat egasi Pol Pogba “Real” etakchisi Ronaldu uchun o`rinbosarlardan biri sifatida e`tirof etilmoqda. Madrid klubi fransiyalik futbolchini qo`lga kiritish maqsadida bir necha bor turinliklarga taklif bilan yuzlandi. Ammo “Yuventus” hozircha fransiyalik futbolchini qo`yib yuborish niyatda emas. Pogba esa o`z faoliyatini “Barselona”da davom ettirish istagi borligini aytgandi. Xohish ustunroq bo`ladimi yoki katta miqdordagi pul, buni yaqin kelajakda bilib olamiz.

Serxio AGUERO (“Manchester Siti”)
Yoshi: 27

Argentinalik futbolchi sahifamizdagi “raqiblari”ga qaraganda yoshi biroz katta bo`lishicha qaramay, u hozir kuchga to`lgan davri. 27 yoshli hujumchi “Manchester Siti”da yorqin o`yinlari va to`purarlik mahorati bilan ko`pchilikning e`tiborini jalb qilgan. Ular orasida “Real” ham bor.

Robert LEVANDOVSKI (“Bavariya”)
Yoshi: 27

Germaniya chempionatining eng yaxshi to`purari Robert Levandovski “Real”da Ronaldu o`rnini bosa oladigan asosiy futbolchilardan biri sifatida e`tirof etilmoqda. “Qirollik klubi” yozda polshalik futbolchini sotib olish uchun bel bog`lagan. Florentino Peres 27 yoshli futbolchini Ronalduga o`rinbosar sifatida ko`rmoqda. Levandovski ham Madridga ko`chib o`tishga qarshi emasligini bildirgan.  Qayd etish kerakki, to`purarlik borasida  Robert kasbdoshi Ronaldudan qolishmaydi. 

Marko ROYS (“Borussiya” D)
Yoshi: 26

Dortmund klubining etakchisi Marko Roys yaqin kelajakda porlashi kutilayotgan futbolchilardan biri sifatida e`tirof etilmoqda. Afsuski, uning jarohatlarga moyilligi bir qancha top-klublarni xavotirga soladi, ya`ni, uni xarid qilmoqchi bo`lgan jamoalar Roysni jarohat olib zaxirada qolib ketishidan qo`rqadi. Shunga qaramay, yuqori mahorat va kuchli salohiyat egasi “Real”da Ronalduni o`rnini bosadigan futbolchilar qatorida bo`lib turibdi. 

Garet BEYL (“Real Madrid”)
Yoshi: 26

Futbol tarixidagi eng qimmat transfer sohibi, uelslik yarim himoyachi Garet Beyl shubhasiz Ronalduning vorislaridan biri sanaladi. Dunyoning eng tezkor futbolchilaridan biri bo`lgan Beyl bugungi kunda ajoyib o`yinlari, texnikasi bilan barchani lol qoldira oladi. Uels terma jamoasi etakchisi yaqin orada “Real”da ham haqiqiy etakchi rolini egallashi turgan gap.

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
Ronaldu: "Tarixdagi eng yaxshi to`purar bo`lish ajoyib va bundan faxrlanaman"

18.01.2022, 19:27

"Manchester Yunayted" va Porgutaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFAning The Best maxsus sovrinini qo`lga kiritdi. Shundan so`ng quyida fikrlarini aytib o`tdi. "Dastavval 20 yil mobaynida...
FIFA Ronaldu uchun maxsus sovrin topshirdi

18.01.2022, 01:31

"Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA tomonidan maxsus sovrin bilan mukofatlandi. Ma`lum qilinishicha, Ronaldu 2021 yilda terma jamoa safidagi gollarini 115taga etkazib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1