AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi

'O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida muntazam avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi. Bu haqda «Sputnik O`zbekiston» xabar bermoqda.

Avtobus Xo`jand shahrining 16-mikrorayonida joylashgan avtobus bekatidan Toshkentdagi Sobir Rahimov nomidagi avtovokzalgacha bo`lgan yo`nalishda harakat qiladi. Avtobusda yurish vaqti 4—4,5 soatni tashkil etadi. Birinchi yo`nalishda 50 nafar yo`lovchi Tojikistondan O`zbekistonga etkazilgan.

Asian Express kompaniyasi vakili Anvar G`iyosov ta`kidlashicha, chiptalar safardan bir kun oldin sotiladi. Chipta narxi 100 somoniyni (94—95 ming so`m) tashkil etadi.

Agar yo`lovchi koronavirusga qarshi emlanmagan bo`lsa, u holda PSR testining manfiy natijasi bo`lgan sertifikati bo`lishi kerak, deya qo`shimcha qildi Asian Express xodimi.

«Agar yo`lovchida koronavirusga qarshi emlanganlik sertifikati bo`lsa, u holda PSR testi manfiy bo`lgan sertifikat shart emas», — dedi G`iyosov.

Ma`lumot o`rnida:

Xo`janddan Toshkentga avtobuslar har kuni qatnaydi. Yo`lovchilar teskari yo`nalishda mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da jo`nab ketishlari mumkin. Sovuq tushgandan so`ng kelib-ketish vaqti bir-ikki soat oldinga siljishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar