OFK kubogining ikkinchi yarim final uchrashuvida "Al-Muharraq" (Bahrayn) klubi o`z maydonida "Quvayt SK"ni qabul qildi.
Uchrashuv 2:0 hisobida mezbonlarning g`alabasi bilan yakun topdi.
Natijada, "Al-Muharraq" klubi OFK kubogi finaliga yo`llanma oldi. Aytish kerakki, bu klub Bahrayning eng ko`p sovrinlarga ega chiqqan jamoa hisoblanadi.
Eslatib o`tamiz, 5 noyabr kuni Bahrayndagi "Al Muharraq Stedium" o`yingohida "Nasaf" va "Al Muharraq" o`rtasida OFK Kubogining hal qiluvchi final uchrashuvi bo`lib o`tadi.
G`olib jamoa bosh sovrin hamda 1,5 million AQSh dollari mukofat puliga sazovor bo`ladi.
Izzatbek Abduvahobov