AsosiyIqtisodiyot

“O`zbekneftgaz” AJning 2021 yilning 1-yarim yilligi uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” tomonidan ijobiy auditorlik xulosa berildi

'“O`zbekneftgaz” AJning 2021 yilning 1-yarim yilligi uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” tomonidan ijobiy auditorlik xulosa berildi'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev tomonidan olib borilgan keng ko`lamli ishlar natijasida, jahondagi yirik to`rtta auditor-konsalting kompaniyalaridan biri hisoblangan, “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan “O`zbekneftgaz” AJning 2016–2017 yillardagi hisoboti uchun 2020 yil 5 iyunda, 2018 yil hisoboti uchun 2020 yilning 24 noyabrida va 2019 yil hisoboti uchun 2021 yilning 31 yanvarida ijobiy auditorlik xulosalari berilgan edi.

Mamlakatimizning yoqilg`i-energetika va gaz-kimyo sohasida etakchi hisoblangan “O`zbekneftgaz” AJ o`z tarixida va respublikadagi yirik ishlab chiqarish kompaniyalari ichida birinchilar qatorida navbatdagi yutuqga erishdi.

Aksiyadorlik jamiyaining Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida 2021 yilning 1-yarim yilligi uchun tuzilgan oraliq konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” xalqaro auditorlik kompaniyasidan ijobiy auditorlik sharhi (xulosasi) olindi.

Mazkur hisobot va auditorlik sharhi (xulosasi) “Fitsh Ratings”, “S & P Global Ratings” va “Moody’s” xalqaro reyting agentliklari, yirik xorijiy banklar “City Bank”, “Mitsubishi UFJ Financial Group”, “JPMorgan Chase & Co”, “China Development Bank”, “Gaprombank”, “VEB.RF” va boshqalar, xalqaro konsalting va yuridik kompaniyalarga ham taqdim etildi.

Ta`kidlash joizki, joriy yilning 29 sentyabri va 22 oktyabrida “O`zbekneftgaz” AJ o`z tarixida birinchi marta “Fitch Ratings” va “Standard & Poors Global Ratings” xalqaro reyting kompaniyalarining “barqaror” prognozi bilan “BB-” darajasidagi reytingiga ega bo`lgan edi.

MHXS asosida tayyorlangan va jahon miqyosidagi “katta to`rtlik”ga kiruvchi auditorlik kompaniyasining ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo`lgan moliyaviy hisobot xorijiy yirik investorlar uchun ma`lumot manbai sanaladi.

Shu jihatdan evroobligasiyalarni debyut emissiyasi paytida xalqaro fond birjalarining talablariga muvofiq, o`z qimmatbaho qog`ozi (evroobligasiya)ni joylashtirishni rejalashtirgan kompaniya birinchi navbatda hisobot sanasidan 120 kundan kechikmagan holda MHXS asosida konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishi va ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo`lishi lozim.

Auditorlik tekshiruvidan o`tkazilgan MHXS asosidagi konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobot o`z navbatida evroobligasiyalar chiqarilishida umuman har qanday qimmatbaho qog`ozlar chiqarilishida zarur bo`lgan “EMISSIYa PROSPEKTI” nomli hujjatni tayyorlashda ham muhim ma`lumot manba bo`lib hisoblanadi.

MHXS asosida 2021 yilning 1-yarim yilligi uchun konsolidasiyalashgan moliyaviy hisoboti uchun “Ernst & Young” xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik sharhi (xulosasi) mavjudligi “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan keyingi yutuqlarga erishish, shu jumladan xalqaro fond bozorlarida o`z evroobligasiyalar emissiya qilishida muhim turtki bo`lib xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar