Paphos shahrida o‘tkazilayotgan Candidates Tournament 4-turida Javohir Sindorov AQSh vakili Fabiano Caruanani mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng o‘zbekistonlik shaxmatchi 4 partiyadan 3,5 ochko jamg‘arib, umumiy jadvalda yakka peshqadamga aylandi.
Avvalroq Javohir Sindorov turnirning ilk turida rossiyalik Andrey Esipenkoni yenggan, 2-turda germaniyalik Matthias Bluebaum bilan durang o‘ynagan edi. 3-turda esa hindistonlik R Praggnanandhaa ustidan zafar qochgan.
Ma’lumot uchun, Javohir Sindorov jahon chempioniligi uchun kurashish imkoniyatini beruvchi ushbu turnirda ishtirok etayotgan ilk o‘zbekistonlik shaxmatchi hisoblanadi.






