AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda "Nexia" va "Damas" to`qnashuvi natijasida 3 kishi voqea joyida vafot etdi (video)

'Qashqadaryoda "Nexia" va "Damas" to`qnashuvi natijasida 3 kishi voqea joyida vafot etdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qamashida dahshatli avariya sodir bo`lgani aks etgan video tarqaldi.  Tasvirda "Damas" va "Neksiya" avtomobillari to`qnashib ketganlagini ko`rishingiz mumkin.  

 

IIV Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha, avtohalokat joriy yilning 17 oktyabr kuni soat 15:40 larda Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Yortepa qishlog`i hududidan o`tuvchi M-39 "Toshkent-Termiz" avtomobil yo`lining 1223-kilometrida sodir bo`lgan.  1977 yilda tug`ilgan  haydovchi O.E. "Nexia" rusumli avtomobilni boshqarayotib, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketishi oqibatida 1980 yilda tug`ilgan haydovchi Sh.T. boshqaruvida bo`lgan "Damas" rusumli avtomobili bilan to`qnashgan.

Natijada, ikkala haydovchi va "Damas" rusumli avtomobili yo`lovchisi D.E. og`ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan hamda ushbu avtomobilda bo`lgan yana bir yo`lovchi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qamashi tuman IIO FMB xuzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar