O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 160 ta yong`inlar qayd etildi. Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 4 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan. Ushbu yong`inlarda 671 mln so`mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 1 mlrd 13 mln so`mga yaqin moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi fuqaro A.Saloxiddinovning uyidagi isitish pechidan sizib chiqqan gaz hidini sezmagan uy egasining kelini A.Shokarimova xonaga kirgan vaqtda uning kiyimida statik elektr zaryadi hosil bo`lishi natijasida xonaga to`plangan gaz va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo`lgan. Chaqnash natijasida uyning 20 kv.metr maydonda shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan hamda uy egasining kelini A.Shokarimova kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi fuqaro M.Azizovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 70 kv metr maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan.
Farg`ona viloyati Dang`ara tumanida yashovchi fuqaro E.Ravshanovning uyida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 80 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.
26.08.2022, 08:40
Buxoro viloyatidagi qamishzorlarda yong`in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Buxoro viloyati Peshku tumanidagi...22.12.2021, 10:59
Bu haqda Namangan FVB Matbuot xizmati xabar berdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yilning 18 dekabr kuni soat 02-34da Uchqo`rg`on tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limini 101 qisqa raqamiga...11.10.2021, 12:16
Toshkentdagi xonadonlarning biri yonib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.Qayd etilishicha, bugun, 11 oktyabr kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida...04.10.2021, 16:00
Bugun, 4 oktyabr kuni soat 14:36 da Samarqand shahar Bag`dod ko`chasida joylashgan maktabgacha ta`lim muassasasi oshxonasining tom qismida yong`in ro`y berdi. Bu haqda FVV Axborot...