20 sentyabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga da’vogar Y.Ro‘ziyev javobgar Yu.Usmanovaga nisbatan “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining she’r muallifi sifatida mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaаt qilgan.
Mazkur da’vo ariza bo‘yicha fuqarolik ishi qo‘zg‘atilib, sud majlisi 2021 yil 13 oktyabrga tayinlangan. 13 oktyabr kuni sud majlisiga da’vogar kelgan, javobgar kelmaganligi sababli, sud majlisi 2021 yil 22 oktyabrga qoldirilgan.
2021 yil 22 oktyabr kuni sud majlisiga taraflar va uchinchi shaxs O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi vakili kelgan, sud majlisida ko‘rsatmalar olingan. Javobgar vakili ularga nizoni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun muddat berishni so‘raganligi va da’vogar tomoni norozi bo‘lmaganligi sababli sud majlisi 2021 yil 29 oktyabrga qoldirilgan. Bugun taraflar sud majlisiga kelgan.
Shuningdek, OAV vakillari sud majlisida ularning ishtirokiga ruhsat berish iltimosnomasi bilan og‘zaki murojaat qilishgan. Ushbu masala dastlab sud majlisida muhokama qilinganligi ma’lum qilinib, ochiq sud majlisi bo‘lganligi sababli ishda tinglovchi sifatida ishtirok etish va sudning ruhsatisiz yozuv amalga oshirilganligi keyinchalik aniqlansa tegishli organga xabarnoma yuborilishi tushuntirilgan.
Bugun, 29 oktyabr kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan da’vo ariza qisman qanoatlantirilib, Yu.Usmanovadan da’vogar Y.Ro‘ziyevga 50.000.000 so‘m ma’naviy zarar uchun kompensasiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobar miqdorida yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan.






