1

Ajralishga sabab bo`ladigan 7 odat

SUG'DIYONA 20.04.2016, 10:13
Teglar: Ayol, Erkak, Oila, Er-xotin
Ajralishga sabab bo`ladigan 7 odat

Insonning qaysi odati uning shaxsiy munosabatlariga putur etkazadi? Bu odatlar bilan sizni “Elle.ru” nashri tanishtiradi.

Ba`zida sevishganlar arzimagan narsadan ham xafalashib qolishgan bir paytda, inson hayotini zaharlovchi zararli odatlar haqida nima deyish mumkin? Ularni vaqtida bartaraf etmasangiz, munosabatlar shunchaki arazlash bilan emas, balki ajrashuv bilan yakun topadi.

Bu muammo bilan amerikalik psixolog, “Emosional intellekt” nomli kitobning muallifi Deniel Goulman shug`ullanib, tadqiqot ishlarini olib bordi. U minglab juftliklar bilan shug`ullanib, ularning suhbatini videoga oldi, yozuvlarni tahlil qildi va bir necha yillar mobaynida juftliklarning munosabatlarini kuzatdi. Natijada psixolog juftlardan biri quyidagi odatlarga ega bo`lsa yuz foiz ajrashib ketishiga amin bo`ldi. 

— doimo juftini tanqid qilsa;

— juftini hurmat qilmasa, uni doimo kamsitsa;

— doimo o`zini himoya qilsa;

— jufti bilan kam muloqotda bo`lsa, birgalikda rejalar tuzmasa, qarorlar qabul qilmasa.

Tadqiqot natijalari qaysi juftlikda yuqorida sanab o`tilgan belgilar ko`zga tashlangan bo`lsa, oradan 4 yil o`tgach, ajrashib ketganligini ko`rsatdi.

Agar bu ma`lumotlar sizni biroz hushyorlikka chorlagan bo`lsa, kundalik odatlaringiz, qiliqlaringiz haqida yana bir karra o`ylab ko`ring.

1.  Uni yomonlamang 

Dugonangiz eri bilan urushib qolgani haqida gapiryapti, siz uni tinchlantirish uchun hamma narsaga tayyorsiz, ammo o`zingizning munosabatlaringizga putur etkazadigan “agar sen erimning fe`lini bilganingda edi... Seni muammolaring menikini oldida holva...” deb gap boshlashdan o`zingizni tiying. Bu gaplar bilan dugonangizning muammosini hal qilib bera olmasangiz-da, eringiz orqasidan gapirganingizni eshitmasa-da, salbiy fikrlar miyangizga o`rnashib qolib, o`z kuchini ko`rsatadi. 

2. Juftingizning xatosini yuziga solmang
 

Juftingizning har bir hatti-harakatidan xato topib, uning yuziga solavermang. Birinchidan, eringiz o`zini doimo aybdor hisoblaydigan bo`lib qoladi, ikkinchidan, oradan ko`p vaqt o`tmay, munosabatlaringizda negativ holatlar paydo bo`la boshlaydi. Natijada, “hammasiga u aybdor” degan fikr miyangizga o`rnashib qoladi.

3. Muammolarni birgalikda hal eting

Juftliklar paydo bo`lgan muammolarga ko`z yumib, uni hal qilishga urinmasalar, birgalikda qaror qabul qilmasalar, kelajak uchun reja tuzmasalar, bunday munosabat uzoqqa cho`zilmaydi. Eng ideal juftliklar orasida ham ba`zan tushunmovchiliklar ro`y beradi, ammo ular bu muammolarni tinch yo`l bilan hal qilib, uni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko`radilar.

4. Bir xil qiyofaga kiring

Juftingiz bilan bir-biringizni “mening yarmim” deb atay boshlaysiz. Eringizning o`y-xayollarini, orzu-istaklarini so`zsiz tushunasiz, o`z navbatida u ham xuddi shunday holatni boshdan kechiradi. Buni “u meni sevgani uchun shunday” deb izohlaysiz, unda kutilmagan yangilikka tayyor turing: hatto bir-birini telbalarcha sevadigan juftliklar ham bir-biridan farq qilar qilar ekan. Agar juftlik yillar davomida bir-biriga o`xshab ketadigan bo`lsa, ularning munosabatlari uzoqqa cho`zilmay, tanazzulga yuz tutar ekan.   

5. So`zsiz, sukunat bilan jazolang

Juftingiz bilan orangizda janjal chiqadigan bo`lsa, barcha o`y-fikrlaringizni, o`pka-ginalaringizni ovoz chiqarib, sanash shart emas. Agar mojaro gapirmay xafa bo`lib yurish, “Keling, bunday qilamiz...” degan konstruktiv xulosa bilan yakunlanadigan bo`lsa munosabatlar boshi berk ko`chaga kirib qoladi. Bunday holatda siz o`zingizni jazolagan bo`lasiz, juftingiz bilan bitta uyda yashab, bitta to`shakda yonma-yon yotib, kundan-kunga uzoqlashib borasiz.

6. Hamma narsani o`z holiga tashlab qo`ymang 

Uzoq vaqt birga yashash natijasida ikki inson bir-biriga nafaqat ruhiy, balki jismoniy jihatdan ham ko`nikib qoladi. Bu nozik munosabatlarga putur etkazmaslik, ularni yanada rivojlantirish uchun ilk tanishgan vaqtlaringizni, birgalikda hayot boshlagan kunlaringizni tez-tez eslab turing. Hamma narsani o`z holiga tashlab qo`ymang.  

7. Bugungi ishni ertaga qoldirmang

Bir-biringizga nisbatan bo`lgan talab-istaklar muhokamasini keyinga qoldirmang, muammoni joyida hal qilishga harakat qiling. Ishingiz yonib yotgan bo`lsa-da, uyga borib, tappa tashlab uxlashni orzu qilayotgan bo`lsangiz ham, barcha muammolarni uyga ko`tarib bormay, ishxonaga tashlab kelishga harakat qiling. Ularni uyga ko`tarib boraversangiz, muammolarning hajmi oshib, bir kun portlash bilan yakunlanishi mumkin.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1