1

WhatsApp va Viber`ning qulayliklarini sanab o`tamiz

Hi-tech 20.04.2016, 13:07
WhatsApp va Viber`ning qulayliklarini sanab o`tamiz

Barcha fayllarni yuborish imkoni bor

Bugungi kunda turli qo`lyozma xabarlar, pochta va boshqa turdagi jo`natmalardan kam foydalaniladi. 

Xabarlarni qisqa muddatda etkazadigan ma`lum dasturlar bo`lib, ular foydalanuvchilar orasida ancha ommalashishga ulgurdi. Bugungi kunda Vayber va Vatsap kabi messenjerlardan (xabarnoma) foydalanmaydiganlar topilmasa kerak. Ularda ma`lumot uzatish va qabul qilish juda tez va sifatli amalga oshiriladi. Messenjerlar orqali jonli suhbatlar, tezkor SMSlar va telefon qo`ng`iroqlarini hattoki, video qo`ng`iroqlarni ham sifatli va qulay amalga oshirish mumkin. «Jonson & Partners konsalting» ma`lumotlariga ko`ra, so`nggi yillarda messenjerlardan foydalanuvchilar 50-60 million kishidan oshgan. Ushbu sahifamizda bu messenjerlarning siz bilmagan qulayliklarini ochib beramiz.

Boshqa ilovalar o`z messenjeringizda ko`rinmasligini istaysizmi? 

Siz tanimagan insonlarni postlarini e`tiborsiz qoldirishni va ular siznin ish faoliyatingizga xalaqit bermasligini xohlamaysizmi? Unda ularni “ko`rinmas” rejimiga aylantiring:

Buning uchun: Vatsapp >Nastroyki > Uchetnaya zapis > Konfidensialnost.  

Oxirgi tashrifingiz, fotosuratlar va boshqalar “onlayne” holati paytida paydo bo`lishini istaysizmi? Bu juda oson va muammosiz. Agar onlayn holatini o`chirib qo`ysangiz, siz ham bu imkoniyatdan foydalana olmaysiz, ya`ni siz ham do`stlaringizni oxirgi tashrifi, fotosuratlari va boshqlarni ko`ra olmaysiz. 

Buni sinab ko`rmoqchimisiz, marhamat: Vayber > Nastroyki > Konfidensialnost (Sozlamalar> Maxfiylik)

Vayber messenjerida ham"Onlayne" va xabarlar o`qish holatini o`chirib qo`yishingiz mumkin (unutmang: o`chirsangiz o`zingizda ham bu holat yo`qoladi).

Vayber va Vatsapp messenjerlaridan kompyuterda foydalanish mumkinmi?

Albatta mumkin. Bu sizga yanada ko`proq qulaylik yaratadi. Chunki siz endi o`z kompyuteringizdagi fayllarni (pdf, doc, jpg, mp4 va boshqalar) boshqalarga muammosiz yuborishingiz mumkin.

Vatsapni kompyuterga yuklash: web.watsapp.com 

Vayber messenjerini kompyuterga yuklash: www.viber.com 

Vayberning kompyuter versiyasida audio va video-qo`ng`iroqlarni yanada oson va sifatli bajarishingiz mumkin.

Android qurilmalardagi messenjerlarda qabul qilingan rasmlarni oson topish yo`li bormi?

Bu savol hammani qiziqtirishi aniq. Ko`pchilik qabul qilgan rasm va fayllarini o`z qurilmasidan topa olmay qiynaladi. Endi siz buni to`g`ridan-to`g`ri o`z galereyangizga joylashingiz mumkin. Bu ortiqcha qiyinchilik tug`dirmaydi. 

Vatsap: Nastroyki > Chat i deaktiviruy punkt «Soxr. vxod. Fayl

Vayber: Nastroyki > Multimedia > otklyuchi «Soxranyat v galereyu

Agar kompyuter yozishmalarning bir nusxasi sizga kerak bo`lsa, ularni e-mayl pochtangizga yuborishungiz mukin. Vatsapda barcha fayllarni yuborish imkoni bor, Vayberda bo`lsa, faqat matn yuborish mumkin. 

"Vatsap"da suhbatlar e-mayl pochtaga alohida yuboriladi. Buning uchun kerakli suhbatning ustiga bosing (iOS) kontaktni yoki guruh nomini yoki (Android) uning menyusini bosing va e-mayl orqali jo`natish («Otpravit po e-mail») tugmasini bosing. So`ngra yuborilishi zarur bo`lgan chat fayllarni belgilang.

"Vayber" da barcha suhbatlar (matnlar) birdaniga yuboriladi, lekin Vatsapdan matnlarni faqat bir qismini yuborish mumkin. 

Ushbu funksiyani bajarish uchun: Nastroykax > Vzov i soobsheniya > Otpravit jurnal soobsheniy

Vatsapdagi turli keraksiz xabarnomalardan zerikdingizmi?

Bezovta qilinayotgan kontakt yoki guruhni tanlang va «Ne bespokoit» (bezovta qilinmasin) tugmasini bosing! Endi sizni umuman bezovta qilishmaydi. 

Bosh ekranga kontaktlaringizni qo`shishni bilasizmi?

Bu faqat Android-qurilmalarda amalga oshirilishi mumkin. Avvalo Chat (Kontakt) bosh menyusiga kiring va "yorliqni qo`shish" («Dobavit yarlk») tugmasini bosing.

Bir xil “chaqiruv ovoz“ laridan zerikdingizmi? 

“Chaqiruv ovozlar“ ini turli xil tarzda qo`yishingiz mumkin. Masalan, yaqin dugonangizdan kelgan habar boshqacha o`ziga xos ovoz bilan keladi. Buning uchun «Uvedomleniya» ga kiring va yoqimli ovozli xabarni tanlang.

Humoyun Tursunov
NamDU talabasi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1