Afg`oniston poytaxti Qobuldagi Sardor Muhammad Dovud Xon harbiy shifoxona yaqinida portlash yuz berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Portlash oqibatida 15 kishi halok bo`ldi, 34 nafar fuqaro jarohatlangan. Qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilmoqda.
Baxtar agentligi xabariga ko`ra, Qobul kasalxonasiga hujum IShID a`zolari tomonidan amalga oshirilgan. Ushbu guruh a`zolaridan biri kasalxonaga kiraverishda o`zini portlatib yuborgan.
“Tolibon” matbuot kotibi Bilol Karimiyning ma`lum qilishicha, seshanba kuni shifoxonada ikkita portlash sodir bo`lgan.