AsosiySport

Ronaldu jarohat olganligi taxmin qilinmoqda

“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Vilyarreal”ga qarshi (3:0) Ispaniya chempionati 34-turida maydonni qo`shib berilgan vaqtda tark etishga majbur bo`ldi. Bu haqda 101greatgoals portali xabar berdi

Ma`lumotlarga ko`ra, portugaliyalik hujumchi tizza osti paylarini shikastlagani gumon qilinmoqda. Hozircha uning holati haqida aniq xabar yo`q. U tibbiy ko`rikdan o`tgach bo`lajak o`yinlarda maydonga tushish-tushmasligi ma`lum bo`ladi. 

Agar jarohat kutilganidan jiddiy bo`lib chiqsa, u “Rayo Valekano”ga qarshi Ispaniya chempionati 35-turini hamda “Manchester Siti”ga qarshi EChL yarim final o`yinini o`tkazib yuborishi mumkin va shu orqali jamoasini xavf ostida qoldiradi.

Boshqa yangiliklar