Amerikaning mashhur Forbes jurnalida mustaqil jurnalist Melik Kaylanning O`zbekistondagi prezidentlik saylovlari natijalariga bag`ishlangan maqolasi chop etildi.
Maqolada O`zbekistonning yaqqol va sezilarli, ayniqsa, o`tgan o`n yilliklardagi izolyasiion siyosatiga nisbatan, demokratik taraqqiyoti qayd etilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoevning qo`shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilash, bolalar mehnatiga barham berish, investisiya va turizmni rag`batlantirish, mamlakatni biznes uchun ochish borasidagi siyosati alohida ta`kidlangan.
Kaylanning fikricha, shu fonda EXHT DIIHBning saylovlarga nisbatan ayrim tanqidiy baholari G`arb siyosatchilari ko`pincha o`zbek madaniyati va mentalitetini tushunmasligini ko`rsatadi.
Uning fikricha, Toshkent so`z erkinligi, demokratiya, oshkoralik sari juda ongli va ehtiyotkorlik bilan ketmoqda, asosiysi bu harakat to`g`ri yo`nalishda. Shu bilan birga, muallifning fikricha, mamlakatdagi vaziyatga tarixiy, mintaqaviy va geosiyosiy kontekstni hisobga olgan holda real qarash kerak.






