Qozog`istonning Qarag`anda viloyatidagi konda portlash sodir bo`lgdi. Buning oqibatida bir qancha insonlar halok bo`lgan.
Prezident Shavkat Mirziyoev shu munosabat bilan Qozog`iston Prezidentiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi ma`lum qildi:
Prezident Shavkat Mirziyoev Qozog`istonning Qarag`anda viloyatidagi konda sodir bo`lgan portlash oqibatida insonlar qurbon bo`lgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Qasim-Jomart Toqaevga hamdardlik bildirdi.






