AsosiySport

Eldor Shomurodov A Seriyaning ramziy jamoasidan joy oldi

'Eldor Shomurodov A Seriyaning ramziy jamoasidan joy oldi'ning rasmi

Statistik ma`lumotlarni taqdim etib boruvchi WhoScored portali Italiya A Seriyasi 12-turi yakunlariga ko`ra tur ramziy jamoasini e`lon qildi.

Unga ko`ra, «Venesiya» - «Roma» (3:2) o`yinida bitta gol va assistni amalga oshirgan rimliklar hujumchisi Eldor Shomurodov hafta jamoasiga kiritilgan. «Roma»dan faqat o`zbekistonlik o`yinchi e`tirof etilgan bo`lsa, «Venesiya» safidan bir yo`la uch nafar o`yinchi – darvozabon Romero va himoyachilar Kaldara hamda Haps joy olgan. 

Avvalroq, statistik portal 10 ballik tizimda o`yinchilarni baholab, rimliklar safidan eng yuqori ballga (8,5) Eldor Shomurodovni loyiq ko`rgandi. U shu kuni 83 daqiqa to`p surdi.

Ma`lumot uchun, «Roma» 12 o`yindan keyin 19 ochko bilan turnir jadvalida 6-o`rinni egallab turibdi. Eldor A Seriya joriy mavsumida 10ta o`yinda maydonga tushib, bitta gol va 3ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar