"Real Madrid" jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu "Vilyarreal"ga qarshi (3:0) kechgan o`yinda jarohat olganligi taxmin qilinayotgan edi. Ammo portugaliyalik hujumchi ahvoli yaxshi ekanini ma`lum qildi.
"Men yaxshiman. Hammaga qo`llab-quvvatlagani uchun rahmat", - deya yozadi 31 yoshli futbolchi Instagram sahifasida.
Eslatib o`tamiz, Ronaldu jarohati tufayli kechagi o`yinni muddatidan avval tark etishga majbur bo`lgandi.