1

“Sikl” qisqa metrajli filmi suratga olindi

Madaniyat 10.11.2021, 12:25
“Sikl” qisqa metrajli filmi suratga olindi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Sikl” (“Cycle”) qisqa metrajli filmi suratga olindi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Postanovkachi rejissyor Garush Gazanyan.  

Mazkur kinokartina “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida armanistonlik ijodkorlar bilan birga yaratilgan.

“Sikl” qisqa metrajli filmida rossiyalik Mixail ismli turist Samarqandga keladi va sirli ko`chani izlaydi. Nihoyat bir keksa nuroniy bilan uchrashadi va suhbatlashadi. Mixail o`zi izlab yurgan sirli ko`chani aylanadi.  

Ma`lumot uchun, “Kino 5 kunda” tanlovida Ispaniya, Filippin, Yaponiya, Hindiston, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog`iston va boshqa mamlakatlardan yosh kinoijodkorlar ishtirok etishdi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1