«Tottenhem» bosh murabbiyi Antonio Konte London klubida bir qator yangi cheklovlar joriy qildi
Daily Mail xabariga ko`ra, italiyalik murabbiy mashg`ulotlar paytida «Tottenhem»ning aksariyat o`yinchilariga ortiqcha vazni borligini aytgan.
Konte barcha futbolchilarga tushlikni klub qarorgohida qilishni majburiy qilgan. Murabbiyning qaroriga ko`ra, futbolchilarning ovqatlanish rasionidan qiyin hazm bo`ladigan taomlar, sendvich, ketchup va mayonez olib tashlangan.
Shuningdek, o`yinchilarga mevali soklar o`rniga ko`proq meva iste`mol qilish, oshpazlardan pista va saryog`dan kamroq foydalanish so`ralgan.
Eslatib o`tamiz, «Tottenhem» APL 11-turidan keyin 16 ochko bilan turnir jadvalida 9-o`rinni egallab turibdi.






