AsosiySport

Elmira Gulyamova tarixiy g`alabadan keyin nimalar dedi?

'Elmira Gulyamova tarixiy g`alabadan keyin nimalar dedi?'ning rasmi

"Bunyodkor-W" jamoasi bosh murabbiyi Elmira Gulyamova bugungi "Amman SK"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so`ng o`z fikrlarini aytib o`tdi:

"Shahrdari Sirjan" jamoasi bilan o`yinimizni ko`rib chiqdik, har bir xatoni sinchkovlab o`rgandik. O`yinchilarimga vaziyatni tushuntirish, ularni tushkunlikka tushmasdan, keyingi o`yinga tayyorlash zarur edi. Kechagi o`yinoldi mashg`ulotimizda har bir o`yinchining qilgan xatolari ustida ish olib bordik. Eron jamoasi bilan ko`rsatgan o`yinimiz bizning uslubimiz emas edi.

Futbolchilarimga doim agressiv va fizik tarafdan kuchli o`ynashlari kerakligini aytaman. Lekin bu qo`pollik va qoidabuzarlikka o`tmaydi, albatta. Bugun shunday futbol o`ynadik va g`alaba qozondik.

Boshqa yangiliklar