AsosiySport

Ayollar o`rtasidagi jahon chempionati keyingi yilga qoldirildi. Nima uchun?

'Ayollar o`rtasidagi jahon chempionati keyingi yilga qoldirildi. Nima uchun?'ning rasmi

Xalqaro boks assosiasiyasi dekabr oyida Turkiyada o`tishi rejalashtirilgan ayollar o`rtasidagi jahon chempionatini kelgusi yilga qoldirmoqda. Bu haqda O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasi ma`lumot berdi.

Bunga sabab sifatida dunyoda yuzaga kelayotgan koronavirus pandemiyasining yana bir to`lqini deb keltirilmoqda. Xalqaro tashkilot bu borada Turkiya milliy federasiyasi bilan muzokara o`tkazgani ham ma`lum qilindi.

Eslatib o`tamiz, Istanbul shahri 6-19 dekabr kunlari ayollar o`rtasidagi dunyo birinchiligini qabul qilishi kerak edi. Yangi kelishuvga ko`ra bu muddat kelasi yilning mart oyiga qoldirildi.

    Boshqa yangiliklar