Toshkentdagi “Universal Jumping Agro” ot sport klubida konkur bo`yicha “Global Tour-2021” musobaqasining beshinchi bosqichi o`z yakuniga etdi.
Ko`pchilik uchun qiziqarli bo`lgan dastur “A” toifasida balandligi 140 sm bo`lgan to`siqlardan sakrash bahsi bo`ldi. Kutilganidek, unda tajribali Bekzod Qurbonov g`alaba qozondi. Ikkinchi o`rin Nurjan Tuyakbaevga nasib etgan bo`lsa, G`ayrat Nazarov kuchli uchlikni yakunlab berdi.
“A” toifa, 140 sm:
1. Bekzod Qurbonov “Abaja Dos Dorados” (ot laqabi)
2. Nurjan Tuyakbaev “Lancelotta”
3. G`ayrat Nazarov “Losinos Boy”
“D” toifa, 130 sm:
1. Abdushukur Sobirjonov “Samira”
2. Dilmurod Abdurahmonov “Kolibri”
3. Bekzod Qurbonov “Kalimera”
“B” toifa, 120 sm (5-6 yoshli otlar):
1. Umid Komilov “Brand Plus”
2. A`zam Tolibboev “X”
3. Ibrohim Yo`ldoshev “Shahzoda Kornet”
“S” toifa, 110 sm (12-14 yoshli chavandozlar):
1. Umar Dadaev “Bukmeker”
2. Boburjon Valijonov “Abadja Dos Dorados”
3. Akbar Sharipov “Kechmeker”






