AsosiyMadaniyat

VGIKning Toshkent filiali direktoriga Istanbul akademiyasining “Faxriy akademik” unvoni berildi

'VGIKning Toshkent filiali direktoriga Istanbul akademiyasining “Faxriy akademik” unvoni berildi'ning rasmi

Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning Toshkent filiali direktori Eldor Yuldashevga Istanbul akademiyasining “Faxriy akademik” unvoni taqdim etildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi. 

Istanbul akademiyasi – 2010 yilda tashkil etilgan bo`lib, Turkiya Respublikasidagi birinchi va professional kinomaktab sanaladi.

Kinoakademiya hozirda “Qodir Xas” universiteti, Nyu-Yorkning Kolumbiya universiteti, Italiyaning Pegasu universiteti bilan hamkorlikda ta`lim jarayonlarini olib boradi. Uning bitiruvchilari Turkiyaning ko`zga ko`ringan kinomutaxassislari bo`lib etishgan.  

Endilikda VGIKning Toshkent filiali ham Istanbul akademiyasi bilan professioanal kadrlar etishtirish bo`yicha hamkorlik aloqalarini o`rnatadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar