Prezident Matbuot kotibining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoev Istanbul yaqinidagi Demokratiya va erkinlik orolida o`tayotgan Turkiy kengash sammitida nutq so`zlamoqda:
“Umumiy til va mushtarak qadriyatlar birligi asosida shakllangan Kengashimiz doirasida bugungi kunda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda.
Og`ir pandemiya davrida ham biz sherikligimizni kengaytirishga, bir-birimizga yordam berib, aloqalarimizni muntazam rivojlantirishga intilib kelmoqdamiz.
Aminmanki, bugun qabul qilinayotgan qarorga binoan Turkiy Kengash nomi «Turkiy davlatlar tashkiloti» deb o`zgartirilishi hamkorligimizni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi".






