AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qarz olish munosabatlarini tartibga soluvchi qonun loyihasi ko`rib chiqilmoqda

'O`zbekistonda qarz olish munosabatlarini tartibga soluvchi qonun loyihasi ko`rib chiqilmoqda'ning rasmi

Qonun loyihasida davlat qarzini boshqarishda amalga oshiriladigan operasiyalar, davlat qarzini boshqarishning asosiy prinsiplari, davlat kafolatini berish tartibi hamda davlat tomonidan jalb qilingan mablag`larni qaytadan kreditlash uchun qo`yiladigan talablar belgilanmoqda, deya ma`lum qilmoqda Oliy Majlis qonunchilik palatasi.

Ta`kidlab o`tilishicha, davlat tashqi qarzining hajmi, davlat qarzi bilan bog`liq bo`lgan munosabatlarni tartibga soluvchi qonun zarurligi haqidagi fikrlar keng jamoatchilikning doimiy e`tiborida bo`lib kelgani xalq vakillarining mazkur qonun loyihasining muhokamasini yanada qizg`in davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

"Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi davlat qarzini tartibga solish va boshqarish bo`yicha munosabatlarni huquqiy asosini mustahkamlaydi. Xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy institutlar hamda xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlanishiga, mamlakat iqtisodiyotini barqaror o`sishini ta`minlashga xizmat qiladi",-deyiladi xabarda

Eslatib o`tamiz, “Davlat qarzi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni loyihasiga Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo`mitasi mas`ul etib belgilandi.

    Boshqa yangiliklar