AsosiySport

Kurash bo`yicha ayollar o`rtasida O`zbekiston chempionati g`olib va sovrindorlari aniqlandi

'Kurash bo`yicha ayollar o`rtasida O`zbekiston chempionati g`olib va sovrindorlari aniqlandi'ning rasmi

Toshkent tumani bolalar-o`smirlar sport maktabiga qarashli “Universal” sport majmuasida sport kurashlari bo`yicha O`zbekiston chempionati o`tkazilmoqda. Mamlakat chempionatining ilk kunida ayollar kurashi bo`yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati g`olib va sovrindorlari aniqlandi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

Qizg`in va murosasiz kurashlar ostida o`tgan bellashuvlar yakuniga ko`ra, umumjamoa hisobida 1-o`rinni qoraqalpog`istonlik kurashchi qizlar qo`lga kiritishdi. Ular 10 ta vazn toifasining naqd 6 tasida chempionlik shohsupasiga ko`tarildi. Ikkitadan oltin medalni qo`lga kiritgan Xorazm va Toshkent shahri jamoalari kuchli uchlikdan joy olishdi.

Ayollar kurashi bo`yicha O`zbekiston chempionatining barcha g`olib va sovrindorlari:

-50 kg vazn toifasida:

1. Jasmina Immaeva (Toshkent sh.),

2. Mushtariy Tolipbekova (Jizzax),

3. Sabohat Karimova (Samarqand),

3. Malika Ravshanova (Navoiy),

-53 kg:

1. Aktenge Keunimjaeva (Qoraqalpog`iston Respublikasi),

2. Dilshoda Matnazarova (Xorazm),

3. Mahliyo Egamberdieva (Namangan),

-55 kg:

1. Sarbinaz Jienbaeva (Qoraqalpog`iston Respublikasi),

2. Sevara Eshmuratova (Qoraqalpog`iston Respublikasi),

3. Gulsanam Obidjonova (Namangan),

-57 kg:

1. Shohida Ahmedova (Toshkent sh.),

2. Shahlo Vapaeva (Qoraqalpog`iston Respublikasi),

3. Dinara Seytmuratova (Qoraqalpog`iston Respublikasi),

-59 kg:

1. Dilfuza Aimbetova (Qoraqalpog`iston Respublikasi),

2. Diyora Abitova (Toshkent sh.),

3. Xurliman Sanetullaeva (Qoraqalpog`iston Respublikasi),

-62 kg:

1. Nabira Esenbaeva (Qoraqalpog`iston Respublikasi),

2. Rushana Abdurasulova (Navoiy),

3. Sokina Panjieva (Navoiy),

3. Mehribonu Purxanova (Qoraqalpog`iston Respublikasi),

-65 kg:

1. Aruxan Jumabaeva (Qoraqalpog`iston Respublikasi),

2. Dinara Rustamova (Toshkent sh.),

3. Akmaral Mahmudova (Qoraqalpog`iston Respublikasi),

-68 kg:

1. Azada Esbergenova (Qoraqalpog`iston Respublikasi),

2. Surayyo Utemuratova (Qoraqalpog`iston Respublikasi),

3. Jahona Esonova (Buxoro),

-72 kg:

1. Svetlana Oknazarova (Xorazm),

2. Gozzal Allayarova (Qoraqalpog`iston Respublikasi),

3. Zuhrajon Ro`zmetova (Xorazm),

-76 kg:

1. Ozoda Zaripbaeva (Xorazm),

2. Shahribonu Ellieva (Toshkent sh.),

3. Dilfuza Oserbaeva (Qoraqalpog`iston Respublikasi)

Boshqa yangiliklar