AsosiyJamiyat

Toshkentda notanish erkak o`quvchi qizni chetga tortdi (video)

'Toshkentda notanish erkak o`quvchi qizni chetga tortdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktabdan qaytayotgan o`quvchi qizni noma`lum erkak kishi chetga olishga uringani aks etgan kuzatuv kameralardagi video tarqaldi. Mazkur holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, ushbu holat joriy yilning 10 noyabr kuni soat 15:00 da Yashnobod tumani Farg`ona yo`li ko`chasida sodir bo`lgan.

Mazkur fakt bo`yicha Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovoldi tekshiruvlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijalariga ko`ra qonuniy chora ko`riladi. Ushbu holat Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar