1

​​Zangiotada IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilgan fuqaro bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

Jamiyat 13.11.2021, 22:36
​​Zangiotada IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilgan fuqaro bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

Zangiotada onasiga tazyiq o`tkazib, uyida janjal ko`targan shaxs unga nisbatan IIB xodimlari kuch ishlatganini aytayotgani to`g`risida xabar bergan edik.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G`iyosov o`zining telegram kanaliga aslida holat qanday bo`lgani yuzasidan videolavhani e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, 9 noyabr kuni soat 20:00 larda ushbu fuqaroning onasi tuman IIBga murojaat qilib, o`g`li muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste`mol qilishi va ayni damda ham mast holatda janjal ko`tarayotganini bildirgan.

Onaning so`zlariga ko`ra, U.M. ismli o`g`li masjidda qorovullikdan bo`shab, yana spirtli ichimlikka ruju qo`ygan va uyda janjal chiqarishni boshlagan. Ushbu xabarga asosan tungi xizmatga biriktirilgan IIO xodimlari voqea joyiga etib borganida fuqaro U.M. mast holatda baqir-chaqir qilib, oila a`zolari va atrofdagilarni bezovta qilayotganiga guvoh bo`lgan.

Fuqaroning o`zi ham nima bo`lganini eslolmasligini aytgan.

Tuman ichki ishlar binosida kaltaklanganini aytgan fuqaro tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan. Zangiota tumani Tez tibbiy yordam bo`limining ma`lumotnomasiga ko`ra, unda mastlik holati va chap ko`zida shilinish jarohati borligi ma`lum qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1