1

Toshkent viloyatida topilgan qoyatosh suratlari haqida Angren shahar tarixi muzeyi mutaxassislaridan ma`lumot olindi

Madaniyat 13.11.2021, 22:51
Toshkent viloyatida topilgan qoyatosh suratlari haqida Angren shahar tarixi muzeyi mutaxassislaridan ma`lumot olindi

Toshkent viloyati Ko`kshashir darasida sentyabr oyining o`rtalarida qoyatosh suratlari topildi. 

Fanlar Akademiyasining ma`lumotlariga ko`ra, “Qanqa ekspedisiyasi”ning izlanishlari natijasida suratlarda bir necha tog` echkisi tasvirlari bilan birga 1 satrlik sug`diy yozuv borligi, mazkur yozuv oynada ko`rilganda to`g`ri o`qiladigan 5 ta harfdan iboratligi ma`lum bo`lgan.

“Biz ya`ni Angren shahar tarixi muzeyi xodimlari 2021-yil 5-iyunida navbatdagi yillik rejaga asosan Angren shahar Lashkarak qishlog`ining baland tog`lariga Qoyatosh sur`atlarini ko`rib, u erda ilmiy izlanishlar olib borish uchun ekspedisiyaga chiqdik. Toshkent viloyati Lashkarak qishlog`idan 6 km. yuqoriga ko`tarilib, Loyaksoy bo`ylab dengiz sathidan 1800-2500 km. yuqorida joylashgan ochiq osmon ostidagi muzey - qadim o`tmishdan guvohlik beruvchi “Qoyatosh sur`atlari”ga etib bordik. Xalq orasida Beshsandik deb nomlangan hududda qoyatosh suratlariga guvoh bo`ldik” – deb xabar berdi Angren shahar tarixi muzeyi mutaxassisi Shuhrat Ro`zmatov. – O`ylaymizki, ushbu qoyatosh sur`atlari har bir tarixga qiziquvchi insonlarni o`ziga mahliyo etadi. Avvalo qoyatosh sur`atlarining tog`ning yuqori qismida joylashganligi hamda bugungi kungacha ochib o`rganilmagan hududda ekanligi, shu o`rinda aytib o`tish joizki Madaniy meros obekti sifatida mahalliy va chet ellik sayyoh va ilm ahlini yana bir bor moziyga nazar tashlashga undaydi”- deya qo`shimcha qildi.

Qoyatoshlarga bitilgan yozuvlarni Fanlar Akademiyasi Milliy arxeologiya markazi bosh ilmiy xodimi G`aybulla Boboyorov va kichik ilmiy xodim G`ayratxon Muxtorov sug`diy til va yozuv asosida “Nav-farn” “Yangi qut (egasi)” deb o`qigan. Shuningdek, izlanuvchilar bu yozuvning “Naf-farn” deb ham o`qilishi mumkinligini aytgan. “Naf” so`zi sug`diy tilida “xalq, jamoa, el” degan ma`nolarni bildirib, milodiy III-IV asrlarga tegishli sug`diy yozuvli Choch tangalarida “Sasan-naf” so`zi “Choch xalqi, Choch jamoasi” ma`nolarida keladi.

Bundan tashqari, “Cacan-naf” iborasi Kerchevo (RF), Xitoydan topilgan qadimgi chochliklarga tegishli kumush va sopol buyumlarda ham uchratish mumkin. Shu tariqa, izlanuvchilar Ko`kshashir sug`diy bitigi qadimgi Choch (Toshkent) jamiyati vakillari tomonidan yozilganini aytgan. Bu esa milodning ilk asrlaridan VIII asrgacha Choch vohasida rasmiy yozuvlardan biri sifatida qo`llanilgan sug`diy til va yozuvning voha bo`ylab tarqalish ko`lami G`arbiy Tangritog`ning tog` ichi daralarigacha yoyilganini ko`rsatadi.

Ta`kidlanishicha, bungacha sug`diy yozuvli sopol va metall buyumlar, muhr va tangalar ko`proq Toshkent vohasining markaziy hududlarida, ayniqsa, vohaning Qanqa, Xonobod kabi qadimiy shahar qoldiqlaridan topilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1