Sputnik undan nega 18 yoshgacha qo`shiq kuylamaganligini so`ragan.
Toshkentlik qo`shiqchi Aleksandr Li Rossiyaning “Golos” musiqiy loyihasi ishtirokchisiga aylandi. Birinchi bosqich yakunlariga ko`ra, u ijro etgan qo`shiq hakamlar Pelageya i Leonid Agutinga ma`qul keldi. Qo`shiqchi shouni Leonid Agutin bilan davom ettirishini ma`lum qildi.
" - Men hamisha tortinchoq bo`lganman, o`zimni tanigandan buyon musiqachi kasbi haqida o`ylardim, lekin buni jiddiy qabul qilmasdim, o`ylardimki, bu orzu. Garchi otam musiqachi bo`lsada. Avvaliga musiqa asboblari klavishlaridan boshlaganman, keyin xonanda bo`ldim", - degan Aleksandr Li.
Aleksandr Li qo`shiqchilik darslariga 18 yoshga to`lgandagina qatnashgan.
“Jiddiy kabsni tanlashga qaror qildim, mehmonxona ishi, biroq kollejni bitirayotib, bu mutaxassislik bo`yicha ishlashni xohlamasligimni tushundim, - deydi u. – Qo`shiqchilikka tasodifan tushib qoldim. Toshkentlik pedagog Valeriy Borisov mening o`qituvchim bo`lgan, afsuski, u hozir hayot emas”.
Hozir Aleksandr Li o`zining guruhi bilan Moskvadagi ko`ngilochar muassasalar chiqish qiladi. U Rossiya poytaxtiga bir necha yil avval ko`chib kelgan.
Toshkentlik 29 yoshli Aleksandr Li “Golos” shousida qo`shiqchi Slava Marlow’ning “T gorish kak ogon” (“Olov singari yonasan”) qo`shig`ini ijro etdi.






