AsosiyDunyo

Xitoyda 84 million bola koronavirusga qarshi emlandi

'Xitoyda 84 million bola koronavirusga qarshi emlandi'ning rasmi

Xitoyda yosh bolalarni koronavirusga qarshi emlashga bo`lgan e`tibor kuchaytirildi. Bu haqda Sinhua agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 3 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan 84 milliondan ortiq bola koronavirusga qarshi emlandi. 49,5 millionga yaqin bola esa buster vaksinalar bilan emlangan. 

“Biz aholining asosiy guruhlari, bolalar va o`smirlarni qishda epidemiyaning oldini olishga qaratilgan buster emlashni boshladik”, - deydi mamlakat sog`liqni saqlash qo`mitasi vakili U Lyan`yu. 

Ma`lum bo`lishicha, Xitoyda 2020 yilning dekabridan boshlangan ommaviy emlash kampaniyasi 2021 yilning 13 noyabriga qadar 2,38 milliarddan ortiq odamni xavfli virusga qarshi emlagan. Jumladan, 1,07 milliard odam emlashning to`liq kursidan o`tdi.

Boshqa yangiliklar