AsosiyDunyo

Namlikning ortishi suisidlarga sabab bo`lmoqda —Soni Ayeb-Karlsson

'Namlikning ortishi suisidlarga sabab bo`lmoqda —Soni Ayeb-Karlsson'ning rasmi

Iqlim o`zgarishi bilan bir qatorda planetadagi namlikning yuqori bo`lishi insonlar orasida o`z joniga qasd qilish— suisidning avj olishiga sabab bo`lmoqda. Qanday qilib deysizmi? Bu bo`yicha Britaniya universitetlaridan biri tadqiqot o`tkazdi. Nature Portfoli jurnalida bu haqda aytib o`tildi. Natijalarga ko`ra, yuqori namlikdan o`tish yoshidagi ayollar va yoshlar ko`proq aziyat chekadi.

Tadqiqot hammuallifi, doktor Sonining tushuntirishucha, yuqori namlik organizmda haroratning boshqaruviga salbiy ta`sir o`tkazadi. Dastlab, psixik kasalliklarga chalinuvchilar o`rganilganida, ularda namlik haqiqatdan ham yuqori ekanligi aniqlangan.

"Psixik kasalliklar haqida gapirganimizda ko`p insonlar buni tasdiqlashgan. Tanada asosan notinchlik kuzatiladi. Harorat yuqori bo`lgan vaqtda uxlash qiyinlashadi. Yanada og`irrog`i esa, tanada namlikning ortishi", — keltirib o`tadi doktor. 

Shuningdek, u joniga qasd qilish holatlarini o`rganganida tadqiqotlar bunga sabab sifatida ko`proq iqlimning global miqyosda o`zgarishini ko`rsatganligini qayd etgan.  

Ma`lumotga ko`ra, ilmiy o`rganishlar 1979yildan to 2016yilgacha bo`lgan vaqtdagi 60ga yaqin mamlakatni qamrab oladi.

Ular qatoriga ,asosan, issiq yuqori bo`lgan nuqtalar kiritiladi: Tayland va Gayana, shuningdek, Evropa mamlakatlari ham.  Shvesiya, Belgiya va Lyuksemburg ham bundan mustasno emas. O`rganishlar, shu  jumladan, har yili dunyo bo`ylab 700 mingdan ortiq kishi  o`z joniga qasd qilishini ko`rsatadi.  Insonlar psixik holatidagi o`zgarishlar dunyoga juda katta salbiy ta`sir ko`rsatadi. Masalan o`rmon yong`inlari, suv toshqinlari  va boshqa iqlim o`zgarishlar...

Amerika psixyatorlar assosiasiyasi AQShning  katta yoshdagi fuqarolari o`rtasida o`tkazgan so`rovlariga tayanib,  iqlim inqirozining ularning ruhiy salomatligiga ta`siridan xavotirda ekanliklarini aytishdi.

Ekspertlar qay etishadiki, insonlar kundalik faoliyatda ham ruhiy stressga ko`p duch kelishadi.  Stress hatto oddiy holatlardan kelib chiqishi mumkinligi aytiladi.

                                                                                  Dilbar Abdunabieva

Boshqa yangiliklar