Novosibirsk shahrida 9-qavatdan o`zini tashlagan ayol haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federasiyasining Novosibirsk shahrida 9-qavatdan o`zini tashlab yuborgan ayolning o`zbekistonlik ekani to`g`risida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma`lum qilamiz.
Mazkur holat yuzasidan Novosibirsk shahridagi O`zbekistonning Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migrasiya agentligi vakolatxonasi Rossiyaning vakolatli organlariga murojaat qildi.
Olingan ma`lumotlarga ko`ra, ushbu voqea 2021 yil 22 oktyabr kuni Novosibirsk shahrida sodir bo`lgan va qo`pqavatli uy derazasidan o`zini tashlagan ayol O`zbekiston Respublikasi fuqarosi emasligi tasdiqlandi






