Xabaringiz bor, O`zbekiston milliy terma jamoasining Gruziyaga qarshi o`rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik jarayonida futbolchimiz Dostonbek Tursunov jarohat olgan edi. Tekshiruvlar natijasida ushbu jarohat jarrohlik amaliyoti talab etilishi ma`lum bo`ldi.
O`FA tomonidan futbolchimizning tezroq sog`ayib, safga qo`shilishi uchun barcha sa`y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Dostonbek Tursunovni davolashga Italiyaning mashhur jarrohlaridan biri Per Paolo Mariani jalb etildi.
Futbolchimiz Italiya poytaxti Rimga, “Villa Stuart” klinikasiga yo`l oladi va u erda 22-noyabr kuni professor Mariani tomonidan operasiya qilinadi.