Xitoyning Anxoy provinsiyasida yo`l-transport hodisasi oqibatida 8 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Sinhua agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtobus va yuk mashinasi o`rtasida to`qnashuv yuzaga kelgan. Halok bo`lganlardan tashqari, bir necha kishi jarohatlangan. Jabrlanganlar voqea joyiga yaqin bo`lgan kasalxonaga yotqizilgan.
Voqea joyiga etib kelgan tezkor guruh vakillari halok sabablarini aniqlamoqda.