AsosiyJamiyat

Farg`ona IIB fuqarolardan tashqariga chiqmaslikni so`ramoqda. Chunki...

'Farg`ona IIB fuqarolardan tashqariga chiqmaslikni so`ramoqda. Chunki...'ning rasmi

Farg`ona viloyati IIB fuqarolarni ogohlantirish bilan chiqdi.

Hurmatli fuqarolar, noqulay ob-havo, kuchli shamol va yomg`ir sharoitida o`zingiz hamda yaqinlaringiz salomatligini asrash uchun tashqariga chiqmasdan uyingizda qolishingizni so`raymiz.

Keksa daraxtlar va nobop qurilmalar, bino va inshootlar yonida turmang. Avtomashinangizni va qimmatbaho buyumlaringizni ana shunday joylarda qoldirmang.

Aks holda, buyumlaringizga va o`zingizga jiddiy zarar etishi mumkin.  

Ogoh bo`ling!

    Boshqa yangiliklar