Serialdagi Rayzadlar saroyi asli kimga tegishli ekanini bilasizmi? Shantivan so`zi-chi qanday tarjima qilinadi? Aslida mazkur saroy «Shishmahal» deb nomlanib, Tabrez qirollik qarorgohi hisoblanadi. «Shantivan» so`zi esa «Dunyo o`rmoni» deya tarjima qilinadi. «Muhabbat tafti» ning ixlosmandlariga yana bir yangiligimiz bor, teleasarning ikkinchi faslida ayrim aktyor va aktrisalar o`rin almashishadi. Aynan qaysilari ekanini esa gazetamizning keyingi sonlarida ma`lum qilamiz. Hozircha esa serialning voqealar rivoji bilan tanishtirishda davom etamiz.
• Arnav, Anjali bilan suhbatida Kxushiga bo`lgan tuyg`ularini fosh qiladi. Aslida jigarining nikohini saqlab qolish uchun qilgan ishi uni haqiqiy muhabbat bilan yuzlashtirganini tan oladi. Nahot Arnav Kxushini sevib qolgan bo`lsa? Rayzadlar oilasida vaziyat o`nglanmoqda. Payyal va Akash yarashib olishdi, Anjali ham Kxushidan xafa emas.
• Madxumati betobligi uchun Guptalar xonadoniga borganini aytib, Kxushi Arnavga yolg`on so`zlaydi. Nani Madxumatiga qo`ng`iroq qilayotganida Kxushi ularning muloqotiga halaqit beradi. Akash u bilan Mumbayga borib kelishni so`raydi, ammo uning taklifi rad etiladi.
• Arnav, Madxumati uchun shifokorni boshlab keladi. Kxushi vaziyatdan chiqish uchun navbatdagi hiylasini ishga soladi. Kxushining xatti-harakatlarini kuzatib yurgan Manorama, shubhada:«Kxushinning ko`rinishi bejo, u birortasi bilan yashirinchi uchrashayapti». Sirli inson kim?
• Madxumatining renta to`lovidan qarzi borligini bilgan Arnav uning uchun hisoblashishni istaydi. Ammo Kxushi bunga qarshi chiqadi. Arnav esa to`lovni deb o`ylab topilgan Madxumatining kasallik voqeasi uchun Kxushindan xafa bo`ladi.
• Anjalining o`zi bilan o`zi suhbatlashishi Manoramaning diqqatidan chetda qolmaydi. U bu haqda Naniga xabar beradi. Arnav nikohini mustahkamlashga ont ichadi va bu yo`lda birinchi bo`lib, renta to`lovi qarzi uchun jo`natilgan pullarni bekor qiladi. To`lovni zudlik bilan qoplash kerak. Kxushi bu ishni qanday uddalaydi?
• Arnav to`lovni yopish uchun yordam berishini aytadi. Ammo buning uchun menga e`tiborli bo`lasan deydi. Arnavga g`amxo`rlik qilayotgan Kxushi toyib ketib, oyog`ini qayiltirib oladi. Qizning ahvolini ko`rgan Arnav yordamga oshiqadi.
• Kxushinga e`tibor ko`rsataman deb Arnavning o`zi ham yiqilib tushadi va kuragi lat eydi. Anjali UTT tekshiruvi aks etgan tasvirni ko`rsatadi.
• Ijarachi uyni notanish kimsa sotib olganini aytadi. Kxushinning surishtiruvi uni Arnav bilan to`qnashtiradi. «Shantivanga qaytmasang, uyni tag-tugi bilan buzib tashlayman» deya po`pisa qilgan Arnav chiroq va suvni ham uzib qo`yadi. Qiziq, endi ham Kxushi taslim bo`lmasmikan?
• Shashini gospitalga olib ketayotgan Anjali yo`l-yo`lakay Madxumati va Garima bilan uchrashib qoladi. Madxumatining betob emasligidan xabar topgach, Arnav va Kxushining yolg`oni fosh bo`ladi. Shantivanga qaytishni istamayotgnan Kxushinga Arnavga ultimatum qo`ydi : «agar aytganimni qilmasang, nikohimiz soxta ekanligini barchaga ma`lum qilaman».
• Arnav Kxushini uyga olib keldi. Bu orada Akash ham Mumbaydan qaytadi. Rakxi kunlarida Anjali, Arnav, Akash va Nandkishoriga bo`yinbog` bog`laydi. Uyali telefoniga bo`lgan qo`ng`iroq sabab Anjali panaga o`tadi. Yashirin raqamdan sim qoqqan kim bo`ldi? Yoki bu...
• Kxushi, yashirincha suhbatlashayotgan Anjalini ko`rib qoladi. Arnav Kxushiga marvarid va bezakli taqinchoqlar sovg`a qiladi.
• Arnavning buvisi Shantivanga tashrif buyuradi. Kxushi qariyaning xonasiga kiraverishda chelakdagi suvni to`kib yuboradi va shuni deb Subxandradan dakki etishadi.