Amerikaning Pfizer farmasevtika kompaniyasi koronavirus infeksiyasii davolovchi tabletkalarni ishlab chiqarmoqchi. Bu haqda euronews xabar berdi.
Qayd etilishicha, kompaniya BMT ko`magida patent berish puli bilanmazkur tabletkalarni ishlab chiqarish bo`yicha shartnoma imzolagan. Endilikda Pfizer dunyoning 53 foizi istiqomat qiladigan 95 mamlakatda ushbu turdagi tabletkalarni ishlab chiqarmoqchi.
“Dastlab biz ushbu dori bilan hayoti xavf ostida qolgan insonlarga ishlatishni rejalashtirgandik. Maqsadimiz aholini kasalxonaga yotqizmagan holda holatni oldini olish edi. Bu tabletkalar bilan koronavirus infeksiyasi alomatlari sezilgan vaqtda darhol qabul qilish lozim”, - deydi Patent pulining vakili Erve Verxusel.






